✅ Videodarslar ✅ DTM testlari ✅ OTM yangiliklari @Realize_uz — Chet elda ta'lim @ProfiSchool — Xususiy maktab @NewEraKids — Xususiy bog'cha 🎞 youtube.com/channel/UCEOvmKMWMs9xWepADgOHIDw 📞 +998712446606 👤Murojaat: @ProfiSupport_bot .
Поделиться с друзьями:
Доступ к изображению возможен только в приложении Телеграм. Monako haqida nima bilasiz?
Что вы знаете о Монако?
2018-01-06 08:21:45
Доступ к контенту (документы, аудио, видео, изображения) возможен только в приложении Телеграм.
2018-01-03 22:52:04
ABITURIYENT
siz izlagan malumotlar olami
@profieducation_group kanalida.
➖➖➖➖➖➖➖➖➖
Gyubеrit - MnWO4
Gidrargillit – AlOH3
Galеnit (vismutli) - PbS
Galеnit - PbS3
Gеssit - Ag2Te
Glaubеrit - NaBePO4
Gauеrit - MnS2
Gematit Fe2O3
Gausment Mn3O4
Glinozim Al2O3
Galit (tosh tuz) NaCl
Glanber tuzi Na2SO410H2O
Gipofosfit kislota H3PO2 (1)
Generator gazi CO+N2
Alachchiqtosh KAl(SO4)312H2O
https://telegram.im/profieducation_group
2018-01-03 15:44:59
Доступ к изображению возможен только в приложении Телеграм. Халқаро мусобақаларда ғолиб ва совриндор бўлган спортчиларга умрбод маош тўланади.
https://telegram.im/profieducation_group
2018-01-03 15:42:00
🌐Xorijda Ta'lim Olamiz🎓
Xorijdagi nufuzli oliy o’quv yurtlarida o’qishni xohlamaydigan abituriyent bo’lishimumkin emas. Ishonamanki, saytimiz foydalanuvchilarining har biri ham qaysidir xorijiy o’quv yurtida o’qib kelishni qachondir orzu qilgan. Umuman, ingliz tilini ta’limiy maqsadlarda o’rganishga kirishgan har bir abituriyent ingliz tilida jonli muloqot, darslar va seminarlar o’tkaziladigan xorijiy davlatlarda oz muddatga bo’lsa ham borib, tahsil olishni xohlaydi.Abituriyentlarning xorijiy davlatlar o’quv yurtlariga qabul qilinishining asosiy ikki yo’li bor: to’liq to’lov-kontrakt shartnomasi asosidagi o’qishga ketish va o’qish xarajatlari to’liq universitet yoki boshqa biror tashkilot tomonidan qoplanadigan imtiyozli grant dasturlari yordamida tahsil olish uchun xorijga borish.Albatta, puldan muammo bo’lmasa, xorijning deyarli har qanday o’quv yurtiga hech qanday muammosiz o’qishga qabul qilinish mumkin. Odatda xorijiy universitet va institutlar talabalarning bir yillik o’qishlari uchun to’lovlari ichiga talabalarning yil davomida yotoqxona (campus)da yashashlari, qo’shimcha darslarga qatnashishlari (zaruriy holatlarda), kitoblardan foydalanishlari va boshqa xarajatlarni kiritgan holda ko’rsatishadi. Hozirgi narxlarda Yevropa davlatlaridagi o’rtacha nufuzga ega bo’lgan, oddiy universitetda o’qishning bir yillik narxi tahminan 60 000 – 120 000 dollar oralig’idagi summani tashkil qiladi. Avvalroq aytib o’tilganidek, bu narx talabaning bir yillik yashashi, kitoblardan foydalanishi va boshqa xarajatlarini o’z ichiga oladi.To’liq o’zining hisobidan, pul to’lab o’qishni xohlovchi xalqaro talabalar uchun universitetlar mahsus grant dasturlar (scholarships)ni joriy qilgan bo’lishi ham mumkin. Bunda talabalar mahsus imtihondan o’tkaziladi, o’zlarining mutaxassisliklari asosida sinaladi va muvaffaqiyatli o’tgan talabalar to’lov-kontrakt summasining ma’lum bir qismini to’lamaslik (chegirma) sharti bilan o’qishga qabul qilinadi. Misol uchun, grantsiz talabalar bir yil o’qish uchun 60 ming dollar to’lashlari talab qilinsa, mahsus imtihonlardan o’tib, o’z bilimini namoyish eta olgan talabalar 45-55 ming dollar atrofidagi kamaytirilgan summani to’lash asosida universitega qabul qilinishimumkin. Odatda bunga o’xshash chegirmalarning imtihonlari qiyin bo’lishiga qaramasdan, chegirib tashlanadigan summa ahamiyatli darajada katta bo’lmaydi. Ammo xalqaro talabalar uchun har qancha arzonlashtirilgan narx ham juda katta yordam bo’lishi mumkin.Xorijiy universitetlarda o’qishning yana bir erishish juda qiyin bo’lgan, ammo shu bilan birga juda hayajonli imkoniyati – bu o’qish xarajatlari to’liq universitet tomonidan qoplanadigan imtiyozli grantga ega bo’lish asosida o’qishdir. Bu turdagi imkoniyatni qo’lga kiritgan talabalar universitetlarda butunlay bepul o’qish imkoniyatiga ega bo’lishadi. Ular o’qish davrida har qanday to’lovlardan ozod etilishadi va ba’zan, talabaning vatanidan universitet joylashgan shahargacha hamda o’qish so’ngida universitet joylashgan shahardan talabaning vatanigacha bo’lgan avia bilet (uchish harajatlari) ham universitet tomonidan to’liq qoplanadi. Bunday yaxshi ta’lim imtiyoziga ega bo’lish uchun talabalarga juda katta talablar qo’yiladi. Ular bir necha bosqichli imtihonlardan o’tib, talab etilgan sohada o’zlarining ilmli ekanliklarini namoyish etishlari, ularga ajratilayotgan grant summasiga haqiqatdan ham munosib darajada bilimli ekanliklarini isbotlashlari kerak bo’ladi. Hamma xorijiy universitetlar ham bunday imkoniyatni taqdim etavermaydi. Ko’p hollarda universitetlar emas, balki xorijiy davlat va nodavlat tashkilotlar xalqaro talabalar uchun shunday grant dasturlarni taklif qiladi.Siz xorijda o’qishni xohlaysi va yuqorida aytib o’tilgan ikki usuldan biri asosida xorijga o’qish uchun ketishga ahd qildingiz. Imtiyozli grantlar va chegirmalarni qayerdan topish mumkin?Birinchi navbatda o’zingiz o’qishni xohlagan, yoki shunchaki o’qishga qiziqayotgan universitetni tanlab oling. Buning uchun erinmasdan Yevropa, Amerika, Avstraliya va boshqa joylardagi nufuzli universitetlarning rasmiy saytlarini ko’rib chiqing.
2018-01-03 06:50:40
📝Эҳ талаба, талаба...
Кўлда эски дипломат,
Турар тикка сарвқомат,
Унга кулгани омад,
Эҳ талаба, талаба.
Йилда бир бор кийинар,
Озғинлиги билинар,
Домлаларга илинар,
Эҳ талаба, талаба.
Тўйиб емайди овкат,
Қолди суяги фақат,
Кунми тун уқир "доклат",
Эҳ талаба, талаба.
Имтихонга оз қолди,
Бошга не кунлар солди,
Домла жонимиз олди,
Эҳ талаба, талаба...
Юрар баҳо ололмай,
Чўнтакка пул сололмай,
Дарсларига қололмай,
Эҳ талаба, талаба.
Ётоқхона манзили,
Чарчаб осилар тили,
Баъзан ўксинар дили,
Эҳ талаба, талаба.
Китоблари ҳаёти,
Сессиядир мамоти,
Ким ҳам эшитар доди?
Эҳ талаба, талаба.
Уй қидириб саргардон,
Ёқтирган сўзи арзон,
Бузилгандир ошқозон,
Эҳ талаба , талаба,
Гемоглабин тушмоқда,
Бошидан хуш учмоқда,
Уни синов қучмоқда,
Эҳ талаба, талаба.
Бизни кутар келажак,
Кулиб боқар ғалаба.
Илмимиз бўлар тиргак,
Биз талаба, талаба.
Будир омад, бу оқ йўл,
Бошимиздан ёғсин дўл,
Мақсадга берайлик қўл,
Биз талаба, талаба.
(Ҳазил шеър)
©Муаллиф:
Тошкент ислом университети талабаси
Ботирова Нигина
@profieducation_group
2018-01-02 20:54:11
Доступ к изображению возможен только в приложении Телеграм. Мутолаадан узоқлашганим сари Аллоҳ мени одамлар билан жазолади.
©Марвон Рифоъий
https://telegram.im/profieducation_group
2018-01-02 14:28:54
Chet tili o’qituvchilarining bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustama belgilash test sinovlari otkazilmoqda
Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi 1875-sonli “Chet tillarni organish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari togrisida”gi Qarorida belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida joriy yilning 19-22 dekabr kunlari Qoraqalpogiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda chet tili oqituvchilarining bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustama belgilash test sinovlari otkazilmoqda.
Test sinovlarida jami 3329 pedagog qatnashishi kutilmoqda, shundan 2878 nafari xalq ta’limi tizimida, 310 nafari orta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida faoliyat yuritayotgan oqituvchilar, 141 nafari oliy ta’lim muassasalari professor oqituvchilaridir.
Test sinovi natijalari Chet tillarni bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi sayti http://nsfla.dtm.uz/ da e’lon qilinadi.
Natijani korish uchun “Interaktiv xizmatlar” bo`limining “Ustama haq belgilash testi natijalari” sahifasiga javob varaqasi raqami kiritiladi.
@profieducation_group
2018-01-02 11:17:38
Доступ к изображению возможен только в приложении Телеграм. «Muhim ahamiyatga ega bo’lgan nimaiki yaratilgan bo’lsa, albatta u kuchli tartib asosida tashkil etilgan».
©Andrew Hendrixson
https://telegram.im/profieducation_group
2018-01-02 06:59:41
O‘QISHGA KIRISHDA QANDAY QOSHIMCHA IMTIYOZLAR MAVJUD?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 4 apreldagi PQ-2867-sonli Qaroriga asosan Qurolli Kuchlarda muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qism qo‘mondonligining tegishli tavsiyanomasiga ega bo‘lgan fuqarolarga barcha mutaxassisliklar bo‘yicha bakalavrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishlarida test sinovlari natijasiga ko‘ra o‘zlari to‘plagan ballning 50 foizi miqdorida qo‘shimcha ballar qo‘shib berish imtiyozi belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 12 apreldagi 170-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari serjantlarining maqomi to‘g‘risidagi” qaroriga asosan 5 yil davomida serjantlar tarkibi lavozimlarida benuqson xizmat qilgan harbiy xizmatchilarga test sinovlarida to‘planishi mumkin bo‘lgan eng ko‘p ballning 20 foizi miqdorida qo‘shimcha imtiyoz beriladi hamda “Eng ilg‘or serjant” tanlovining respublika bosqichi g‘oliblari oliy harbiy ta’lim muassasalariga tanlov (konkurs)dan tashqari qabul qilinadilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1993 yil 5 fevraldagi PF-555-son Farmoni va Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi 2008 yil 13 oktyabrdagi 226-sonli Qaroriga muvofiq, tegishli vazirlik yoki idora tomonidan belgilangan tanlovdan (yakuniy tibbiy tekshiruv, ruhiy tanlov, jismoniy tayyorgarlik sinov va hakozalar) o‘tgan Xalqaro va Respublika fan olimpiadalari g‘oliblari tegishli oliy harbiy ta’lim muassasalariga mutaxassislik yo‘nalishining asosiy faniga muvofiqligi bo‘yicha Davlat komissiyasining qarori bilan o‘qishga test sinovlarisiz qabul qilinadilar.
Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 17 fevralidagi 21-sonli qaroriga muvofiq oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kiruvchi harbiy-akademik litseylarning bitiruvchilariga ular to‘plagan ballar soniga qo‘shimcha eng ko‘p yig‘ish mumkin bo‘lgan ballning 10 foizi miqdorini qo‘shish yo‘li bilan imtiyozli qabul shartlari beriladi.
Muassasalariga tinglovchi va kursantlarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ga asosan oliy harbiy ta’lim muassasalariga xizmat vazifalarini bajarish vaqtida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining farzandlari tibbiy tekshiruv natijalariga hamda tegishli vazirlik va idora rahbarining tavsiyanomasiga asosan Davlat komissiyasining qarori bilan Oliy harbiy ta’lim muassasiga tanlovdan tashqari test sinovlarisiz qabul qilinadi
https://telegram.im/profieducation_group
2018-01-02 06:55:07